KGU-0286 Qattiq bug’doy
Katalog raqami–KGU-0286 Ilmiy nomi- Triticum durum Desf. LG12386. Mahalliy nomi – qattiq bug’doy. Bo’yi 115-120 sm. Boshog’i qiltanoqli,boshoqdagi boshoqchalar zich […]
Davomni o'qishGenofond tarkibida kuzgi don ekinlaridan yumshoq, qattiq bug‘doy, arpa, javdar, suli va tritikalening jami bo‘lib 180 dan ortik navlari va kollektsion namunalari saqlanmoqda.
Kuzgi bug‘doyning 140 ta arpaning 30 ta va tritikalening 10 ta navlari o‘rganilib ular orasidan sho‘rlangan tuproq iqlim sharoitiga mos bo‘lganlari tanlab olindi.
Tritikale yuqori mahsuldor, kasalliklarga chidamli.ozuqabop ekin hisoblanadi. Don tarkibidagi oqsil miqdori bug‘doydan 1-1.5%, javdarga nisbatan esa 3-4 % ga ko‘pdir. Kleykovina miqdori bo‘yicha ham bug‘doydan 2-4% ga ustunlik qilishi aniqlangan. Tritikale chorva uchun to‘yimli ozuqa va siderat ekin hisoblanadi. Sug‘oriladigan tuproq sharoitida tritikaledan gektariga 250-300 tsG‘ga yashil massa olish mumkin.
Arpa sho‘rga chidamligi bo‘yicha bug‘doy, tritikaledan ustunlik qiladi. Mavjud kollektsion namunalaridan istiqbolli bo‘lgan arpaning po‘stsiz L-1 liniyasi tanlab olindi.
Katalog raqami–KGU-0286 Ilmiy nomi- Triticum durum Desf. LG12386. Mahalliy nomi – qattiq bug’doy. Bo’yi 115-120 sm. Boshog’i qiltanoqli,boshoqdagi boshoqchalar zich […]
Davomni o'qish