Bosh sahifa

SHO’RGA CHIDAMLI O’SIMLIKLAR GENBANKI

Xronologiya

2007– professor H.H.Qo’shiev tashabbusi bilan «Eksperimental biologiya» laboratoriyasi bazasida tashkil etilgan;

2007-2008 – Osiyo taraqqiyo bankning PROJECT RETA-9 loyihasi (2005-2008) loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida chetdan introduktsiya qilingan o’simlik namunalari genbank katalogiga kiritilgan;

2012-2014 – H.H.Qo’shiev (amaliy loyiha). ITD-9-26 “Sho’rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o’sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va patogenlariga samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish

2013-2015 – T.X.Kuliev (amaliy loyiha). IOT-2014-5-3  Sho’rlangan tuproq unumdorligi va chorva ozuqa sifatini oshiruvchi boqlaning “Mirzacho’l” navi birlamchi urug’chiligini joriy etish

2013-2015 – A.U.Yuldashov (innovatsion loyiha) IOT-2012-5-15G’1  “Sho’rlangan tuproq sharoitida shirinmiya etishtirish va undan stimulyator olishda xom-ashyo sifatida foydalanishni o’zlashtirish”

2013 – N.A.Sulaymonov, H.H.Qo’shiev, H.F.Shomurodov. Atlas. Sirdaryo o’simliklari

2012-2014 – Sulaymonov N.A.. ITD-7-19- Cho’llanish jarayonida Mirzacho’l vohasi sho’rlangan tuproqlari fitomelioratsiyasini tadqiqi

2014-2015 – Z.U.Abduqulov (fundamental loyiha) YoF5-OT-O-1420  Kuzgi bug’doyning sho’rga chidamlilik xususiyatlarini o’rganish va sho’rlangan tuproq sharoitda immun sistemasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

2015-2016 – A.Kenjaev (Yoshlarning amaliy loyihasi). “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi  agrobiotexnologiyalar”

2017 – T.X.Kuliev, H.H.Qo’shiev, O’.Jumanov. BoqlaG’Vikaning madaniylashtirilgan “Mirzacho’l” navi yaratildi

2018-2020 – T.X.Kuliev. S-A-2018-005.Sho’rga chidamli o’simliklar  genofondini  boyitish, caqlash,  reproduktsiya olish va undan ishlab chiqarishda  foydalanishni  yo’lga  qo’yish Sho’rga chidamli o’simliklar  genofondini  boyitish, caqlash,  reproduktsiya olish va undan ishlab chiqarishda  foydalanishni  yo’lga  qo’yish

2018-2020 – H.H.Qo’shiev (Amaliy loyiha). S-A-2018-004 “Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kollektsiyasini yaratish va patogensiz ko’chatlarini olish texnologiyasini yo’lga qo’yish”

2021 – batatning Xazina-2, Xazina-3, Xazina-4, GulDU-1, GulDU-2, GulDU-3, Mirzacho’l, Sirdaryo navlariga patent berilib, qishloq xo’adigi o’simliklarining istiqbolli navlari davlat reestriga kiritildi.

“Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki”ning tashkil etilishi va faoliyati

Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki professor H.H.Qo’shiev ilmiy maktabining bir yo’nalishi bo’lib, 2007 yilda yilda uning tashabbusi bilan «Eksperimental biologiya» laboratoriyasi bazasida tashkil etildi. Ushbu genbankning tashkil etilishi H.Qo’shievning ICARDA, ICBA, IWMI, Bioversity xalqaro tashkilotlari bilan olib borilgan hamkorliklari, 2004-2008 yillarda ushbu xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Osiyo taraqqiyot bankining PROJECT RETA-9 «Enabling communities in the aral sea basin to combat land and water resource degradation through the creation of ‘bright’ spots» («Sozdanie blagopriyatno’x usloviy selskim soobhestvam v basseyne aralskogo morya, po borbe s degradatsiey zemelno’x i vodno’x resursov putyom sozdaniya «ochagov blagopoluchiya») mavzusidagi loyiha bo’ycha olib borilgan tadqiqotlar hamda ICARDA xalqaro tashkiloti bilan oldindan bug’doyning sharoitga mos chidamli navlarini o’rganish natijalari asosida shakllandi. Genbankning dastlabki moddiy-texnik bazasini shakllantirishda ICARDA xaqaro tashkilotining Toshkendagi vakolatxonasi rahbari Radj Paroda moddiy qo’llab-quvvatladi. Dastlab genbank va uning katalogida asosan kuzgi bug’doyning sharoitga mos nav namunalari, RETA 9 loyihasi asosida ICBA xalqaro tashkiloti genbanki bazasidan tanlanib, akatsiya amplitseps (Acacia ampliceps), atrepliks amnikola (Atriplex amnicola), atripliks undulata (Atriplex undulata) introduktsiya qilingan o’simlik turlari bo’lib, loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida kungaboqarG’podsolnechnik (3 sorta), Eryong’oqG’araxis (3 sorta), MaxsaG’saflor (4 sorta), Makkajo’xoriG’kukuruza (na zerno i na silos), tariqG’proso, lavlagiG’svyokla (stolovaya i kormovaya), moshG’mash, kunjut, supurgi-tariqG’sorgo venichnoe, sudano’tiG’sudanskaya trava, azolla kabi o’simlik nav turlari joy oldi. Keyinchalik olib borilgan tadqiqot natijalari asosida o’simliklarning boshqa tur va nav namunalari bilan boyidi.

Genbank katalogida mavjud sho’rga chidamli o’simliklarni o’rganish natijalari asosida ishlab chiqarishga tadbiq etilgan o’simliklar:

  • shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) – sho’rlanish tufayli foydalanishdan chiqib ketgan ekin maydonlarida plantatsiyasi tashkil etildi. Etishtirilgan shirinmiya ildiz tizimi xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan zavodda qayta ishlanib, olingan mahsulotlar bugunngi kunda xorijga eksport qilinmoqda. Shuningdek, ildiz tizimini qayta ishlash asosida yaratilgan stimulyator va fungitsidlar qishloq xo’jaligda foydalanilmoqda.
  • akatsiya amplitseps (Acacia ampliceps), atrepliks amnikola (Atriplex amnicola), atripliks undulata (Atriplex undulata) O’zbekiton va Maraziy osiyo davlatlari ilmiy markazlari tadqiqotlari va ishlab chiqarish tizimida tadbiq etildi.
  • Bug’doyning sharoitga mos bo’lgan 4 ta navi (Boyovut-1, Sayxun, Hasan-Orif, GulDU) yaratilib, qishloq xo’jaligi o’simliklarining istiqbolli navlri reestriga kiritildi.
  • Boqla (Vika)ning madaniylashtirilgan “Mirzacho’l” navi yaratilib, istiqbolli nav sifatida qishloq xo’jaligi o’simliklarining istiqbolli navlri reestriga kiritildi va Intellektual mulk agentligi tomonidan yaratilgan navga patent berildi.
  • Batatning sharoitga mos 8 ta navi yaratilib, istiqbolli nav sifatida qishloq xo’jaligi o’simliklarining istiqbolli navlri reestriga kiritildi. Yaratilgan navlarga nav sinash komissiyasining sertifikati berilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan yaratilgan 8 ta navlarning har biriga patent berildi.
  • No’xotning 5 ta navi (kuzgi va bahorgi) navlari yaratilib, yaratilgan har bir nav qishloq xo’jaligi o’simliklarining istiqbolli navlri reestriga kiritildi va Intellektual mulk agentligi tomonidan yaratilgan navlarga patent berildi. Navlar ishlab chiqarishga tadbiq etilgan.